24 Oktabr 2020 1112

Quva tumanida “Neksiya-2” avtomashinasi haydovchisi piyodani urib yubordi

21 oktyabr` kuni voyaga etmagan “Nexia-2” rusumli avtomashinasini O'rta xo'ja xasan ko'chasida boshqarib ketayotib, yo'l chetida turgan piyoda Q.Z.ni urib yuborishi oqibatida, Q.Z. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Farg'ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi haydovchilarni hushyorlikka chaqirib, yo'llarda harakatlanganda yo'l harakati qoidalariga amal qilinmasa, ko'ngilsiz holatlar sodir bo'lishi mumkinligini unutmang!

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага