19 Iyul 2021 481

Quvasoyda olma bog'ida “kannabis”ni parvarish qilib kelayotgan shaxs aniqlandi

9 iyul` kuni shahar IIB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tadbir davomida M.A.ning fermer xo'jaligidagi olma bog'i xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganida, olma bog'ida “kannabis” giyohvandlik o'simliklarni parvarish qilib kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va etishtirmang. Ularni ekish va etishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага