13 Yanvar 2022 4290

Quyichirchiq tumanida qidiruvdagi oʻta xavfli retsidivist YPX inspektori tomonidan aniqlanib, ushlandi

Joriy yilning 11-yanvar kuni Quyichirchiq tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori safdor B.Amanbayev hujjatlarni tekshirish maqsadida «Neksiya-2» rusumli transport vositasi toʻxtatgan. Tekshiruv vaqtida avtomobilga tegishli hujjatlar yoʻqligi va avtoulov boshqa fuqaroga tegishli ekani inspektorni sergaklikka chorlagan.

Maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirish jarayonda haydovchining harakatlari inspektorda shubha uygʻotgan va fuqaroga tegishli maʼlumot planshet orqali bazaga kirgizilganda, haydovchi B.A. qidiruvdaligi aniqlangan va u shu vaqtning oʻzida ushlangan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasiga koʻra, haydovchi 1982-yilda tugʻilgan B.A. Jinoyat kodeksining 168 moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik koʻp miqdorda) va 3-qismi “B” bandi (firibgarlik oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilganligi) bilan ayblanib, Zangiota tumani IIB tomonidan noyabr oyidan buyon qidiruvda ekanligi maʼlum boʻlgan.

Toshkent viloyati IIBB YHXB Axborot guruhi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага