19 Sentabr 2022 696

“Ravon yoʻl” va “Yoʻl piyoda uchun” tamoyiliga asoslangan “Mahorat darsi”

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant P.R.Bobojonovning 2022-yilning 7-sentyabr kunidagi 198-sonli farmoyishiga asosan Ichki ishlar organlari tizimida joriy yilning 10-sentyabr kunidan 10-oktyabr kuniga qadar “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” oʻtkazilishi koʻzda tutilib, Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 1-sonli Toshkent akademik litseyida Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan “Ravon yoʻl” va “Yoʻl piyoda uchun” tamoyili asosida oʻquvchi-yoshlarning yoʻl harakati xavfsizligiga rioya etishlari hamda yoʻl-transport hodisalarini oldini olish maqsadida yoʻllarda harakatlanish qoidalari, baxtsiz hodisa sodir etilganda harakatlanish hamda birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish tartibi tushuntirilib, “Mahorat darsi” tashkil etildi. 

Bunda oʻquvchilarga asosiy eʼtibor yoʻl belgilariga qaratilishi lozimligi, yoʻl qoidasini bilish barchaning huquqi hamda majburiyati ekanligi, yoʻllarda xoh piyoda, xoh haydovchi yoki yoʻlovchi sifatida harakatlanish chogʻida shoshma-shosharlikka yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida tushunchalar berilib, asosiy urgʻuni yoshlarning ichki ishlar organlari kasbiga qiziqishini oshirish, ularda Vatanparvarlik tuygʻularini yuksaltirishga hamda “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” konseptual gʻoyasi asosida kelajakda sodiqlik bilan Vatanga va xalqqa xizmat qilish lozim ekanligiga qaratildi.

IIVning 1-sonli Toshkent akademik litseyi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага