30 Iyun 2022 2023

Respublika ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatida manzilli oʻrganish ishlarni davom ettirmoqda

Avval xabar berganimizdek, Prezident Administratsiyasi topshirigʻi asosida jinoyatchilikni «mahallabay» jilovlash, fuqarolarning muammolarini «fuqarobay» va «xonadonbay» hal etish amaliyoti hamda sektor rahbarlari faoliyatining natijadorligini tahlil qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Baxtiyor Islamov, Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov hamda Bosh prokuror oʻrinbosari Shuxrat Uzoqovlar boshchiligidagi respublika idoralar aro ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatining barcha tuman-shaharlarida boʻlib, manzilli ishlarni amalga oshirmoqda.

Oʻrganishlar davomida ishchi guruh aʼzolari Qamashi tumani “Bunyodkor” mahallasidagi mahalliy xomashyodan vanna ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Ideal polimer plast” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Loyiha qiymati 1 milliard soʻmni tashkil etuvchi, bir yilda 2 ming dona vanna ishlab chiqaruvchi korxona tadbirkorning 750 million soʻm oʻz mablagʻi va 250 million bank kreditlari asosida tashkil etilgan.

Natijada 25 nafar fuqarolar ish bilan taʼminlanib, doimiy daromad manbaiga ega boʻlishgani ishchi guruh tomonidan eʼtirof etildi.

Shu yerning oʻzida sektor rahbarlari, mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisining jinoyatchilikni jilovlashda «fuqarobay» va «mahallabay» jilovlash, fuqarolarning muammolarini «xonadonbay» asosida amalga oshirib kelayotgan hamkorlikdagi faoliyati yuzasidan hisobotlari eshitilib, taqdimotlari bilan tanishildi. Natijada “Bunyodkor” mahallasi jinoyatlarni oldi olingan.

Qamashi tumani “Chim” mahallasida dorivor oʻsimliklarni yetishtirishga ixtisoslashtirilgan “BBU Azamat” xususiy korxonasi kooperatsiya asosida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Mahallada istiqomat qiluvchi 1 200 ta xonadonlarda 6 turdagi dorivor oʻsimliklar (gulxayri, qora gulxayri, qizil gulxayri, lyubistok ildizi, romashka, boʻta gul) yetishtirmoqda. Dorivor va tibbiyotbop oʻsimliklardan olingan xomashyo Yevropaning Germaniya, Shveysariya, Polsha, Ispaniya, Fransiya davlatlariga eksport qilinmoqda. Tadbirkor bu xatti-harakati bilan 1 200 nafar hamqishloq fuqarolarining bandligi taʼminlashga erishdi.

Ishchi guruh mahallada istiqomat qiluvchi B.Ibragimov va Sh.Nomirovning xonadonlariga tashrif buyurib, dorivor oʻsimliklarni oʻstirish va yetishtirish amaliyotini oʻrganishdi. Bu tajribani boshqa mahallalarda ham ommalashtirish tavsiyasini berdi.

Shu bilan birga, mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisining mahallada tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, jinoyatlarni oldini olish borasida amalga oshirib kelayotgan hamkorlikdagi faoliyati oʻrganildi.

Kunning ikkinchi yarmida Qarshi tumani “Quyi-Beshkent” mahallasida boʻlgan ishchi guruh mahallada joylashgan «Qarshi Agro Klaster» MCHJga qarashli “Iymon tekstil” korxonasiga tashrif buyurdi. 200 nafar fuqarolarni bandligi taʼminlangan korxona 12,8 milliard soʻm loyiha qiymatiga ega. Yillik 15,2 milliard soʻm daromad olib kelayotgan korxona bugun toʻla quvvat bilan ishlamoqda.

Tumadagi 4 sektor rahbarlari ishtirokida tumanda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni jilovlash borasida amalga oshirib kelayotgan ishlari tahlil etildi. Amalga oshirilgan faoliyat tahlilidan kelib chiqib tumanda jinoyatchilikni oldini olish, roʻy berganlarini fosh etish borasida sektor rahbarlari taqdimoti va hisobotini tinglab, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan tavsiya va takliflari berildi. Shu yerning oʻzida “Quyi-Beshkent” mahallasi beshligining faoliyati oʻrganilib, taqdimotlari bilan tanishildi.

Shundan soʻng Qarshi shahar “Eski anhor” mahallasida aholi gavjum toʻplanadigan maskanlardan biri. Fuqarolarning tinch osuda turmush kechirishi, turli maishiy va kundalik muammolarini bartaraf etish borasida mahalla beshligining hamkorlikda olib borgan faoliyati bois ogʻir va oʻta ogʻir turdagi jinoyatlarning oldi olingan.

Hududlardagi sektor rahbarlarining kriminogen vaziyatni ijobiy tomonga oʻzgartirish boʻyicha tashabbuslarining samaradorligi, jinoyatlarni oldini olish borasida ishchi guruh aʼzolari ham oʻrganish, ham amaliy yordam koʻrsatayotgani faoliyatda samaradorlikka erishishda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.

Ishchi guruh oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.

IIV Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага