Respublika ishchi guruhining Jizzax viloyatidagi jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini oʻrganish natijalari boʻyicha oʻtkazgan yigʻilishi
Ichki ishlar vazirining topshirigʻiga asosan respublika ishchi guruhi vazirlik huzuridagi JIED 3-mintaqaviy hududiga qarashli Jizzax viloyatidagi manzil-koloniyalarida oʻrganishlarni olib bordi.
Oʻrganish natijalari boʻyicha j.y. 2-mart kuni 29-son manzil-koloniyasi majlislar zalida respublika ishchi guruhi rahbari, IIV Tashkiliy departamenti axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari polkovnik N.Ch. Qayumov, IIV huzuridagi JIED boshligʻining oʻrinbosari polkovnik G.B. Kuranbaev va Jizzax viloyati IIB boshligʻi general-mayor Gʻ.T. Qodirov ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda ishchi guruh aʼzolari, Jizzax viloyati IIB sohaviy xizmat rahbarlari, 3-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi va 29, 30-son manzil-koloniyalari shaxsiy tarkibi qatnashdi.
Manzil-koloniyalaridagi oʻrganishlar davomida tartibotni mustahkamlash, viloyat ichki ishlar organlari va jazoni ijro etish muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik ahvoli, maxsus kontingentga yaratilgan moddiy-maishiy sharoitlar, sohadagi qonunbuzarliklarni oldini olish borasidagi ishlar tahlil qilinib, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, jazoni ijro etish tizimi sohasidagi qonunchilik va tartib-intizomni mustahkamlash, turli noxush holatlarni oldini olish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berildi. Yigʻilish tanqidiy ruhda oʻtkazildi.
Manzil-koloniyalari faoliyatini oʻrganish yakuni boʻyicha chora-tadbirlar belgilab mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi rahbariga topshiriqlar berildi.
IIV huzuridagi JIED Axborot xizmati