9 Mart 2023 663

Respublika ishchi guruhining Sirdaryo viloyatidagi jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini oʻrganish natijalari boʻyicha yigʻilishi oʻtkazildi

Ichki ishlar vazirining topshirigʻiga asosan respublika ishchi guruhi vazirlik huzuridagi JIED 3-mintaqaviy hududiga qarashli Sirdaryo viloyatidagi manzil-koloniyalari va 8-son tergov hibsxonasida oʻrganishlarni olib bordi.

Oʻrganish natijalari boʻyicha jazoni ijro etish muassasalarining kadrlar bilan taʼminlash, maʼnaviy-maʼrifiy hamda xodimlarning xizmat va jangovar tayyorgarligini oshirish yoʻnalishlardagi faoliyati respublika ishchi guruhi rahbari, IIV Tashkiliy departamenti axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari polkovnik N.Ch. Qayumov, IIV huzuridagi JIED boshligʻining oʻrinbosari polkovnik G.B. Kuranbayev tomonidan muhokama qilindi.

Shu kuni, Sirdaryo viloyati IIB katta majlislar zalida respublika ishchi guruhi rahbari polkovnik N.Ch. Qayumov va Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik S.B. Jabarov ishtirokida jazoni ijro etish muassasalarini oʻrganish natijalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda ishchi guruh aʼzolari, Sirdaryo viloyati IIB sohaviy xizmat rahbarlari, 3-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi, manzil-koloniyasi va tergov hibsxonasi shaxsiy tarkibi qatnashdi.

Jazoni ijro etish muassasalaridagi oʻrganishlar davomida tartibotni mustahkamlash, viloyat ichki ishlar organlari va jazoni ijro etish muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik ahvoli, maxsus kontingentga yaratilgan moddiy-maishiy sharoitlar, sohadagi qonunbuzarliklarni oldini olish borasidagi ishlar tahlil qilinib, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, qonunchilik va tartib-intizomni mustahkamlash, turli noxush holatlarni oldini olish boʻyicha masʼullarga vazifalar yuklatildi. Yigʻilish tanqidiy ruhda oʻtkazildi.

Jazoni ijro etish muassasalarini oʻrganish yakuni boʻyicha chora-tadbirlar belgilash boʻyicha mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi rahbariga topshiriqlar berildi.

IIV huzuridagi JIED Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага