Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan Memorandum imzolandi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi oʻrtasida jazoni ijro etish tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tubdan takomillashtirish, mahkumlarning maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, maʼnaviyat va maʼrifat sohasida oʻzaro hamkorlik yuzasidan Memorandum imzolandi.
Unda mamlakatimizda maʼnaviyat va maʼrifat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini yetkazishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini jazoni ijro etish muassasalarida keng koʻlamda tashkil etish, dunyoda roʻy berayotgan murakkab geosiyosiy va gʻoyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini yetkazish, oʻzaro hamkorlik masalalari boʻyicha uchrashuvlar oʻtkazish, manzilli rejalar ishlab chiqish, maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy tadbirlar, davra suhbatlari, treninglar va boshqa targʻibot-tashviqot tadbirlarini samarali tashkillashtirish yuzasidan kelishib olindi.
Shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yangi bosqichga koʻtarish, buyuk ajdodlar merosiga hurmat, mustaqillikka sadoqat, yuksak vatanparvarlik ruhini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar “Yoʻl xaritasi” ham tasdiqlandi.
IIV huzuridagi JIED Axborot xizmati