10 Fevral 2021 4377

Rishton tumanida ikki nafar ayollarning nomiga kredit olib, aldagan shaxsga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Rishton tumani. 2020 yilning 21 noyabr` kuni H.J. M.D. ismli ayolning ishonchiga kirib, aldab, uning nomiga A.Temur ko'chasida joylashgan kredit do'konidan jami narxi 6.860.000 so'mlik bir dona “Asus” rusumli noutbukni olib, to'lovlarni qilmasdan sotib, pullarni shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Bundan tashqari, 2020 yilning 08 dekabr` kuni H.J. takroran, aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo'li bilan, U.Sh. ismli ayolning nomiga Roshidoniy ko'chasida joylashgan  kredit do'konidan jami narxi 5.835.000 so'mlik bir dona “Artel 12 Baraka” rusumli konditsionerini olib, to'lovlarni qilmasdan sotib, pullarni o'z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish qilish bilan jazolanishi mumkin.  

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага