24 Fevral 2021
4698
Rishton tumanida “Malibu” avtomashinasi velosiped bilan to'qnashdi
Rishton tumani. 22 fevral` kuni fuqaro H.A. “Malibu” rusumli avtomashinasini To'qimachilar ko'chasida boshqarib ketayotib, qatnov qismini velosipedda kesib o'tayotgan O'.M.ni urib yuborishi oqibatida, O'.M. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Farg'ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi haydovchilarni hushyorlikka chaqirib, yo'llarda harakatlanganda yo'l harakati qoidalariga amal qilinmasa, ko'ngilsiz holatlar sodir bo'lishi mumkinligini unutmang!
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati