22 Sentabr 2022 323

Rishton tumanida qarovsiz qoldirilgan telefon apparati oʻgʻirlandi

Rishton tumanida fuqaro Oʻ.B IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 19-avgust kuni nomaʼlum shaxs Farovonlik mahalla hududida joylashgan oshxona old tomonidagi soʻri ustida qarovsiz qoldirilgan narxi 2.000.000 soʻmlik “Redmi-7» rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi “a” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni Yu.J sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага