22 Yanvar 2023 732

Rishton tumanida velosiped o‘g‘irlagan shaxs fosh bo‘ldi

Rishton tumani. 2022 yilning 12 dekabr kuni nomaʼlum shaxs M.Topivoldiyev mahalla hududida voyaga yetmagan I.A.ni qarovsiz qoldirilgan narxi 1.970.000 so‘mlik velosipedini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Yu.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingiz, pul mablag‘laringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага