19 Iyul 2021 1113

Rossiyada terroristik guruhga a'zo bo'lib qaytgan 8 nafar Sirdaryo viloyatida yashovchi shaxslar qo'lga olindi

Shu yilning 17 iyul` kuni Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va DXX Sirdaryo viloyati bo'yicha Boshqarmasi hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbir natijasida, mavsumiy ishlash uchun Rossiya Federatsiyasiga borib, u erda yashirin faoliyat olib borayotgan “Katibatul` Tavxid val`-Jixod” terrorchilik tashkiloti ta'siriga tushgan yashirin guruh faoliyatiga chek qo'yildi.

Mazkur guruh a'zolari yashash joylariga qaytib kelishgach, yaqin qarindoshlari va mahalladoshlari orasida radikal qarashlarini targ'ib qilish hamda Internet ijtimoiy tarmoqlari orqali terrorchilik g'oyalari bilan yo'g'rilgan materiallarni tarqatish bilan shug'ullanganlar.

Aniqlanishicha, ular Rossiya hududida bo'lishlari davomida, Suriya Arab Respublikasida o'rnashib olgan terroristik tashkilotlarga moliyaviy ko'mak berib kelganlar va kelajakda o'zlari ham ushbu davlatga borib, jangarilar safiga qo'shilishni rejalashtirganlar.

Tezkor tadbir natijasida jinoiy guruhning Boyovut tumanida yashovchi 8 nafar va Surxondaryo viloyatida yashovchi 1 nafar a'zosi qo'lga olinib, ularning uyali aloqa vositalari hamda yashash manzillaridan ekstremistik mazmundagi materiallar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Ayni paytda, Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qo'zg'atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага