11 May 2022 366

Rulda hushyorlik muhim masala

Qashqadaryo viloyat IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan oʻtgan davrda avtoyoʻllarda 121656 ta qoidabuzarliklar aniqlangan boʻlib, qoidabuzarliklarning 52390 tasi qoʻpol turdagi qoidabuzarliklar tashkil etgan boʻlsa transport vositasini mast holda boshqarish bilan bogʻliq 1006 ta holatlar aniqlandi.

Bundan tashqari tezlikni belgilangan meʼyordan oshirish, davlat raqam belgilarini yashirish, harakatlanishga qarama-qarshi yurish kabi bir qator qoidabuzarliklarga choralar koʻrilmoqda.

Shuningdek, viloyatda jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha oʻtkazilayotgan qator profilaktik tadbirlarda 153 ta holatda oʻtkir tigʻli sovuq qurollar olib yurgan va 7 ta (bita) tayoq, shuningdek, boshqa sovuq qurollar transport vositalarining saloni koʻzdan kechirilish davomida aniqlanib, shahar-tuman IIBlariga chora koʻrishlik maqsadida topshirilgan. 

Bundan tashqari, viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda giyohvand moddalarni olib oʻtish, saqlash bilan bogʻliq 14 ta holatlar aniqlanib, jinoyatchilar tergovga jalb etildi. Ushbu jarayonlarda 17 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi.

Amalga oshirilayotgan keng qamrovli tadbirlar va muntazam YPX maskanlarida 26 ta holatda noqonuniy metall aylanmasiga chek qoʻyilgan boʻlsa, boshqarma Karantin xizmati va viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda 1750 kg isteʼmolga yaroqsiz goʻsht mahsulotlari toʻxtatib qolindi. 

Olingan goʻsht mahsulotlari viloyat Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi viloyat boʻlimida laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtkazilganda, isteʼmolga yaroqsizligi tufayli tegishli mutaxassislarning xulosasiga asosan yoʻq qilindi.

Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB hamda tegishli tashkilotlar bilan birgalikda maqsadli rejalar asosida amalga oshirilayotgan bir qator vazifalar va keng qamrovli tadbirlar natijasi oʻlaroq, YTH sonining keskin kamayishiga erishildi.

Natijada: odam oʻlimi bilan bogʻliq YTH lari 42.4 % ga tan jarohati bilan bogʻliq YTH esa 21.4 %ga kamayishiga erishildi.

Ayni kezlarda viloyat IIB JXX YHXB saf tuzilmalari tomonidan viloyat hududida yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash va yoʻl-transport hodisalarini oldini olish uchun qator profilaktik targʻibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага