Samarqand shahrida yashovchi fuqarolar o'z uyida giyohvand o'simlikni etishtirib kelaetganligi aniqlandi
Samarqand shahri hududida o'tkazilayotgan “Qoradori-2021” tadbiri davomida, Samarqand shahri bo'yicha IIO FMB 8-son IIB JQG xodimlari tomonidan Samarqand shahar «Laxuti» mahallasida yashovchi, 1974 y.t., fuqaro M.F.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganda, uyning tomorqasida ekilgan turli hil gullar orasida, qonunga xilof ravishda 1 tup “Kannabis” giyohvand o'simligini o'simlikni etishtirib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 270-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Bundan tashqari, Samarqand shahar Shoxrux ko'chasida yashovchi, 1962 y.t., fuqaro O.G.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganda, uyida gul tuvaklarda ekilgan turli hil gullar orasida qonunga xilof ravishda 2 tup “Kannabis” giyohvand o'simligini etishtirib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 270-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi