2 Fevral 2023 484

Samarqand viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosarining navbatdagi qabuli

Samarqand viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari polkovnik Faxriddin Rahmatov tomonidan fuqarolarning muammolarini oʻrganish yuzasidan navbatdagi qabul oʻtkazildi.

Qabulda fuqarolar hayotida uchraydigan muammolarga barham berish, ularni qiynab kelayotgan masalalarni ijobiy hal qilish, shuningdek xalqni rozi qilishdek ezgu ishlarni amalga oshirishga bosh maqsad sifatida qaralmoqda.

Bu galgi qabulda ham fuqarolarning sohaga oid turli muammo va murojaatlari eshitildi.

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari har bir murojaatni chuqur tahlil qilgan holda, qonunda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berib ijrosi nazoratga olindi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага