8 Yanvar 2021 4442

Samarqand viloyati IIB xodimlari muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxslarga yordam ko'rsatmoqda

Shu kunlarda respublikada havo biroz sovuq bo'lmoqda. Taqdir taqozosi bilan uysiz qolgan odamlar bunday ob-havoda sharoitida qiynalmoqdalar. 

Patrul`-post xizmati xodimlari tomonidan boshpanasiz qolib, uylarning erto'lalarida, ko'p qavatli uylar yo'laklarida tunayotganlarni aniqlash bo'yicha tadbirlar o'tkazilmoqda.

Muhtojlar Samarqand viloyati IIB PPX va JTSB ga qarashli Muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazida tashkil etilgan “Mehr saxovat” boshpanasiga olib borilmoqda. Bir kunda IIB xodimlari 20 ga yaqin kishini reabilitatsiya markaziga olib borishdi. 

Bu kabi insonlar reabilitatsiya markazi xodimlari tomonidan tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, ularga toza kiyimlar berilib, issiq ovqat tanovul qilish va issiq joyda uxlash uchun sharoit taqdim etilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага