26 Yanvar 2021 4233

Samarqand viloyatida “marixuana” giyohvandlik moddasini sotayotgan fuqaro qo'lgan olindi

2021 yil 22 yanvar` kuni Paxtachi tumani IIB JQB va DXX Narpay tuman bo'limi xodimlari tomonidan Paxtachi tumani “Saroy” mahallasida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida xaridor sifatida jalb qilingan Paxtachi tumani IIB xodimiga 12.000.000 so'm evaziga Paxtachi tumani, “Nurafshon” mahallasida yashovchi 1993 y.t. T.A. qonunga xilof ravishda 2 ta oq rangli tsellofan paketiga solingan yashil rangli, quruq holdagi, o'ziga xos o'tkir hidli, og'irligi taxminan 750 gramm bo'lgan “marixuana” giyohvandlik moddasiga o'xshash moddani M-37 yo'lining Paxtachi tumani “Saroy” mahallasi hududidan o'tuvchi qismida sotayotgan vaqtida xolislar ishtirokida ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi. Olingan ma'lumotga ko'ra T.A. ushbu “marixuana” giyohvandlik vositasini o'zi ekib parvarish qilganligini ma'lum qilgan.

Samarqand  viloyat IIB eKBning ma'lumotnomasida olingan vositasining jami sof og'irligi 730 gramm tashkil qilib,  “marixuana” giyohvand moddasi turiga kirishligi ko'rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага