27 Iyun 2021 875

Samarqand viloyatida oliy o'quv yurtiga o'qishga kiritish bilan bog'liq firibgarlikka chek qo'yildi

2021 yil 26 iyun` kuni Samarqand viloyat IIBga, R.Sh. va M.M.lar ariza bilan murojaat qilib, unda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi «Xasan» va «Akmal» ismli shaxslar R.Sh.ni Toshkent tibbiyot akademiyasiga o'qishga kiritib berishini va'da qilib 7.000 AQSh dollarini berishini talab qilayotganligini ma'lum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'ragan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni O'zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Samarqand viloyati IIB JQB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo'limi xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Samarqand shahridagi xususiy o'quv markazi rahbari B.A. xizmat xonasida ariza muallifi R.Sh. va M.M.lardan 7.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqt ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Ko'rilgan choralar natijasida uning jinoiy sherigi e.X. qo'lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan, 2021 yil 26 iyun` kuni Oqdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага