1 May 2022 780

Samarqandda 5 kilogrammga yaqin giyohvandlik moddalari aylanmasiga chek qo‘yildi

Samarqand viloyati IIB hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida Urgut tumanida narkotrafikka qarshi kurash yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda tumanda yashovchi, 2003-y.t. S.S. mahalliy fuqaroga 600 AQSH dollari evaziga 6,76 gr. “geroin” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Tadbir davom ettirilib, S.S.ning yashash xonadonida bo‘lgan 957,53 gr. “geroin”, 2 kg 614,51 gr. “opiy”, 285,6 gr. «Gashish» va 758,5 gr. “marixuana” giyohvandlik vositalari olib qo‘yildi.

Shuningdek, S.S.ning jinoiy sherigi, Urgut tumanida yashovchi 1976-y.t., X.A.ning yashash manzilida 2,84 gr. “opiy” giyohvandlik moddasi saqlab kelganligi aniqlanib, protsessual tartibda hujjatlashtirib olindi.

O‘tkazilgan tadbirlar natijasida, jami 4 kg 628 gr. giyohvandlik vositalari tarqalishiga chek qo‘yildi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага