2 Avgust 2021 4380

Samarqandda IIB xodimiga 5 ming AQSh dollarini pora tariqasida bermoqchi shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi

2021 yil 30 iyul` kuni Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Tayloq tumani markazida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, 1990 yilda tug'ilgan, Samarqand shahar «Imom Vose» mahallasida yashovchi X.D. chet davlatga ketishi va aviachipta olishi uchun kerak bo'ladigan “COVID-19» virusi mavjud emasligi to'g'risidagi test tahlilini soxtalashtirgan holda 180.000 so'mga sotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlanib, rasmiylashtirilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borish jarayonida fuqaro X.D. ning ukasi holatni rasmiylashtirmaslik va ishni ijobiy tomonga hal qilib berish evaziga tezkor xodimga 5 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora sifatida taklif qilgan.

Xodim IIO xodimiga pul taklif qilish, O'zbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, javobgarlikka tortilishiga sabab bo'lishi to'g'risida ogohlantirishiga qaramay, fuqaro keyin kelib uchrashishini aytib chiqib ketgan. Xodim holat yuzasidan Boshqarma boshlig'iga bildirgi bilan murojaat qilgan.

Bildirgiga asosan, 2021 yil 31 iyul` kuni IIV O'z xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati bo'yicha bo'limi hamda Samarqand shahar prokuraturasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o'tkazilib, fuqaro I.X. tezkor xodimga 5 ming AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat bo'yicha Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага