30 Yanvar 2021 4416

Samarqandda o'zganing shaxsiy ma'lumotlarini “Tik tok”da tarqatish bilan qo'rqitgan tovlamachi qo'lga olindi

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida yashovchi, 1989 y.t. A. IIB ga ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil 26 yanvar` kuni telefon raqamiga noma'lum shaxs telefon orqali o'zini samarqandlik "Fedya" deb tanishtirib, tanishi B. o'rtasidagi shaxsiy suhbatlar, fotosuratlar va video tasvirlarni internet tarmog'ining “Tik tok” sahifasiga tarqatish bilan qo'rqitib, evaziga 1 million so'm berishni talab qilib, kelayotganligini bildirgan. 

27 yanvar` kuni viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Toyloq tumani Jumabozor qishlog'ida yashovchi, 1998 y.t. B.F. va 1992 y.t. F.B. lar fuqaro A. ga tegishli bo'lgan sim kartani 1 million so'mga sotayotgan vaqtida ushlanib, hujjatlashtirib olingan. 

Holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага