19 Avgust 2020 4188

Samarqandda "Qoradori-2020" tadbirlari

"Qoradori-2020" tezkor-profilaktik tadbirining 2-bosqichi davomida Oqdaryo tuman IIB xodimlari tomonidan Oqdaryo tumani Daxbed shaharchasida yashovchi 1963 y.t. Q.B.ning yashash uyi hovlisidagi tomorqasi ko'zdan kechirildi.

Tekshiruv davomida ushbu shaxs hovlisidagi ekin maydonida poliz ekinlari orasida jami 2 (ikki) tup "Kannabis" giyohvandlik o'simligini qonunga xilof ravishda ekib, etishtirib kelayotganligi aniqlanib, ushbu giyohvandlik o'simliklar ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan Q.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага