19 Fevral 2022 2787

Samarqandda taksi haydovchilardan tamagirlik qilib kelgan jinoiy toʻda faoliyatiga chek qoʻyildi

Samarqand huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan 16-fevral kuni oʻtkazilgan tadbirda Samarqand shahrida yashovchi haydovchilardan tamagirlik qilib kelgan bir guruh shaxslar faoliyatiga chek qoʻyildi.

Aniqlanishicha, Samarqand shahrida yashovchi muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan 7 nafar shaxslar  “Samarqand-Navoiy” va “Samarqand-Buxoro” yoʻnalishida qatnovchi haydovchilardan zoʻravonlik va tovlamachilik yoʻli bilan, doimiy yoʻnalishda taksichilik qilish uchun 300-500 AQSH dollari hamda kunlik qatnovchi haydovchilardan 30.000-50.000 soʻmgacha pul mablagʻlarini tamagirlik yoʻli bilan undirib kelishgan.

Jinoiy guruh aʼzolarining faoliyatiga qarshi chiqqan yoki soʻralgan pul mablagʻlarini bermagan fuqarolarga nisbatan guruhga yollangan bir guruh uyushgan sportchilar orqali jismoniy tazyiq, zoʻravonlik va ogʻir turdagi tan jarohatlari yetkazib kelishgan.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirda guruh yetakchilari “V.F.” va “E.D.”lar tadbirga jalb qilingan fuqarolarga tovlamachilik qilayotgan vaqtida jinoyat ustida qoʻlga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqarolar “V.F.” va “E.D.”larga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага