1 Fevral 2021 4288

Samarqandda yashash xonadonida giyohvandlik moddasini iste'mol qilgan shaxsga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Samarqand shahri bo'yicha IIO FMB JQB xodimlari tomonidan 2021 yil 25 yanvar` kuni soat 6:40 larda Samarqand shahri U.Yusupov ko'chasida yashovchi 1960 y.t. fuqaro O.O.ning yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari tintuv qilinib, ko'zdan kechirilganida, giyohvandlik moddasini iste'mol qilishga mo'ljallangan bir dona 1,5 litr hajmdagi va bir dona 1 litr hajmdagi maxsus elim idishlar (baklashka), bir dona gugurt qutisiga qadoqlangan “marixuana” giyohvandlik o'simligiga o'xshash o'simlik urug'lari va qog'oz bo'lagiga o'ralgan o'tkir hidli, quruq holdagi “marixuana” giyohvandlik vositasi xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida hujjatlashtirib olingan. 

Samarqand viloyati IIB eKBning xulosasiga ko'ra, fuqaro O.O.ning  yashash  uyi va  yordamchi  xo'jaliklardan olingan bir dona oq qog'oz bo'lagiga o'ralgan, yashil rangli, o'tkir hidli, quritilgan holdagi o'simlik moddasi tarkibida giyohvand modda “tetragidrokannabinol” mavjud bo'lib, bu modda “marixuana” giyohvand moddasi turiga kirishi, uning umumiy sof og'irligi 2,45 grammga tengligi; bir dona gugurt qutisiga solingan och yashil rangli o'simlik urug'lari tarkibida giyohvand modda topilmaganligi, o'simlik urug'larining umumiy sof og'irligi 2,28 grammga tengligi; ikki dona elim idishlar (baklashka) qismlarini ichki qismida giyohvand modda “tetragidrokannabinol” modda izlari topilganligi ko'rsatilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo'yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага