21 Sentabr 2022 890

Sandiq ichidan 1000 AQSh dollarini oʻgʻirlagan ayol fosh boʻldi

7-sentyabr kuni M.Z. ismli ayol Toshariq mahalla hududida yashovchi Sh.Z. ismli ayolni yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib yashash xonadonidagi sandiq ichida boʻlgan 1.000 AQSh dollarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага