26 Iyul 2022 652

Sardoba tumanida 16 yoshga toʻlgan oʻquvchilarga ID-karta olishlari boʻyicha targʻibot ishlari olib borilmoqda

Oʻquvchilarga ID-kartalarni olish va almashtirish oʻz ixtiyoriga koʻra xohlagan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlariga murojaat qilishi uchun imkoniyatlar yaratilganligi tushuntirildi.

Sardoba tumani hududida 2022-yil 20-iyul kuniga qadar yangi namunadagi ID-kartalarni berish ishlar olib borilmoqda. Jumladan, shu kungacha 871 nafardan oshiq fuqarolarga yangi namunadagi pasportlarni berish ishlari yakunlangan boʻlib, ulardan 386 nafari 16 yoshga toʻlishi munosabati bilan ID-kartalar tarqatilgan boʻlib, 248 nafar fuqarolar familiyasini oʻzgartirish boʻyicha murojaat qilgan fuqarolarga yangi namunadagi ID-kartalar berildi, 237 nafar fuqarolarga oʻz istagi bilan va turli sabablarga koʻra pasportini yoʻqotgan fuqarolarga ID-kartalar rasmiylashtirib berildi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага