14 Avgust 2023
1708
Sardoba tumanida xonadonlarning birida oʻgʻirlik jinoyati sodir etildi
Sardoba tumani, Yangiqishloq mahallasida yashovchi fuqaro R.B Sardoba tumani, "Yangiqishloq" маҳалласи, Shalola koʻchasidagi fuqaro T.H ning yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, unga tegishli boʻlgan jami narxi 4.150.000 soʻmlik bugʻdoy mahsulotlarini oʻgʻirlaganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sardoba tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan fuqaro R.Bga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “Qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati