Sariosiyoda qishloq xoʻjaligi mahsulotini xarid qilgan shaxs firibgarlik jinoyatini sodir etdi
Sariosiyo tumanida yashovchi, 1997-yilda tugʻilgan E.Jamshid (ism shariflar oʻzgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib u oʻz arizasida, shu yilning 23-yanvar kuni Denov tumanida yashovchi, 1973-yilda tugʻilgan O.Sobir uning ishonchiga kirib, yetishtirgan karam mahsulotini «22 845 000 (yigirma ikki million sakkiz yuz qirq besh ming) soʻmga sotib olaman!»- deb, olib ketib hozirgi kunga qadar pullarni bermay kelayotganligini bildirgan. Mazkur holat yuzasidan 6-avgust kuni O.Sobirga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Fuqarolarimiz tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarini oʻzlari bozorga olib borib sotishlari yoki mahsulotni olayotgan xaridorga naqd pulga sotishlarini soʻrab qolamiz.
Bu bilan fuqaro firibgarlik jinoyatining qurboni boʻlishining oldini olgan boʻladi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati