24 Sentabr 2022 1059

Savdo do‘konidan kiyim-kechaklarni o‘g‘irlatgan ayol IIBga murojaat qildi

O‘zbekiston tumani.Fuqaro S.N IIBga murojaat qilib, unda 13 aprel kuni nomaʼlum shaxs Ibn Sino ko‘chasida joylashgan savdo do‘konida qarovsiz qoldirgan narxi 1.500.000 so‘mlik ayollar kiyim-kechaklarini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni F.N ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага