Sayyor qabulda fuqarolarga moddiy va maʼnaviy koʻmak berildi
Mamlakatimizda fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularni kundalik turmush tarzida uchrayotgan maishiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarini hal etish maqsadida viloyat 3-sektori rahbariyati tomonidan joylarda sayyor qabullar uyushtirilmoqda. Ana shunday ishlarning uzviy davomi sifatida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Isroil Himmatov Dehqonobod tumanidagi 70-sonli oʻrta maktabda sayyor qabul oʻtkazdi.
Sayyor qabulda aholining tadbirkorlik bilan shugʻullanish, kredit olish, oʻzini oʻzi band qilish toʻgʻrisidagi soʻrovlari tez fursatlarda ijobiy hal etilayotgani qayd etildi. Qabulda 13 nafar fuqarolarning murojaati tinglandi. Shundan 8 nafar fuqarolarning murojaati ijobiy hal etildi.
Jumladan, 1 nafar xotin-qizga oʻzini oʻzi band etishi uchun tikuv mashinkasi berilgan boʻlsa, 1 nafar fuqaroga avtomashina yuvish apparati, 4 nafar fuqaroga gaz ballon, 1 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, yana 1 nafar fuqaroga quloqchin eshitish moslamasi berildi.
Eʼtiborli tomoni shundaki, mablagʻ va vaqt talab etadigan 5 ta murojaat ijrosi nazoratga olinib, masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati