28 Avgust 2020 4588

SeOM rahbari jinoyat ustida qo'lga olindi

Koronavirus infektsiyasining tarqalishi pandemiya darajasiga chiqqan shu kunlarda sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlaridan o'z xizmat vazifalariga yanada mas'uliyat bilan yondashish talab etiladi.

Urganch shahar SeOM rahbari, Z.Q. esa o'ziga bildirilgan ishonchni suiiste'mol qilib, xizmat vakolatidan foydalangan holda noqonuniy ravishda shaxsiy boylik orttirish rejasini tuzdi.

Qassobchilik faoliyati bilan shug'ullanmoqchi bo'lgan bo'lgan, Urganch tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, kelgusida tadbirkorlik faoliyatining soliq organlari tomonidan tekshirilmasligini ta'minlab berishni va'da qilib, firibgarlik yo'li bilan 300 000 so'm pul talab qilgan, Z.Q. joriy yilning 25 avgust kuni Xorazm viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir natijasida talab qilgan summadagi pulni olayotgan paytida jinoyat ustida qo'lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага