20 Yanvar 2023 581

Shahrisabz tumanida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari kommunal va maishiy sohalarni oʻrgandi

Fuqarolarni kundalik va maishiy muammolarini aniqlash va hal etish, elektr energiyasi va suyultirilgan gaz taʼminoti, koʻmir yoqilgʻisi yetkazib berish borasida amalga oshirilgan ishlarni yaqindan oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor A.I.Ikramov boshchiligidagi ishchi guruh joriy yil 19-yanvar kuni Shahrisabz tumanida boʻldi.

Vazir oʻrinbosari tumanda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va anomal sovuq tufayli tashkil etilgan “Tezkor shtab” faoliyat bilan tanishdi. “Tezkor shtab”da jamlangan elektr va gaz taʼminoti boʻyicha sohaviy xizmat vakillari bilan suhbatlashib, fuqarolardan tushayotgan murojaatlar, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha tahlil etdi.

Tumanda anomal sovuq davrida isitish tizimida vujudga kelgan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish boʻyicha ishchi guruhga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berdi.

Shuningdek, tuman markazida olisda yashovchi gaz bilan taʼminlanmagan fuqarolarga koʻmir yoqilgʻisi, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishni tashkil etish, bu borada xizmat koʻrsatayotgan avtotransport vositalarining yonilgʻi bilan taʼminlanishi bilan tanishib, koʻrsatmalar va topshiriqlar berildi.

Shahrisabz tumani aholisini koʻmir bilan taʼminlovchi “Tanxoz” MFY hududidagi koʻmir tarqatish omboriga borib, u yerda aholiga arzon narxda tarqatilayotgan holat koʻzdan kechirildi.

“Tezkor shtab” va sektorlar rahbarlariga qish mavsumida aholiga oʻz vaqtida koʻmirni uzluksiz yetkazib berish, koʻmir zaxirasi oʻrganilib, kelgusida kelib chiqishi mumkin boʻlgan muammolarni oldindan bartaraf etish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berildi.

Tumandagi “Shamaton” MFY hududida joylashgan koʻp qavatli uylarda boʻlgan ishchi guruh aholining yashash shart-sharoitlari hamda oziq-ovqat doʻkonlaridagi narx-navo holatlari oʻrganildi. Mahallaning Shamaton qishlogʻida yashovchi ehtiyojmand oila Zulfiya Ixtiyorova oilaviy sharoitlari oʻrganilib, moddiy va maʼnaviy koʻmak berildi.

Viloyat boʻylab ishchi guruhning oʻrganishlari davom ettirilmoqda.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага