16 Iyul 2022
1554
Shahrixon tumani IIB boshlig‘i yoshlar bilan uchrashdi
Shahrixon tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari A.Islamov tumanning “Saroy” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 58-IDUMda mazkur hududdagi mahallalar yoshlari vakillari bilan uchrashdi. Unda ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash, kasb-hunarga jalb qilish, tadbirkorlikka yo‘naltirish, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining oldini olish masalalari ko‘rildi.
Uchrashuvda sektor rahbari tomonidan yoshlarning muammo, taklif-mulohazalari tinglanib, ularni ijobiy hal etish choralari belgilandi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati