24 Noyabr 2021 335

Shahrixon tumanida “PlayStation 4" qurilmasini oʻgʻirlaganlar jinoiy javobgarlikka tortildi

2021-yil 5-noyabr kuni soat 16:20 larda Andijon shahrida yashovchi M.B va S.I.lar oʻzaro jinoiy til biriktirib, Shahrixon tumanida yashovchi T.S.ga tegishli “Playstation” oʻyingohiga kirishgan va u yerdan narxi 3.000.000 soʻmlik “Playstation 4» qurilmasi hamda 2 dona pultlarini oʻgʻirlab ketishgan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tuman IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага