7 Iyun 2022 1010

Shahrixonda OIV infeksiyasi kasalligini qasddan yuqtirib yurgan fuqaro qoʻlga olindi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV JQB, Andijon viloyati IIB JQB va Shahrixon tumani IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Shahrixon tumanida yashovchi erkak S.M Andijon viloyati OITSga qarshi kurashish markazida 2020-yilning mart oyida dispanser nazoratiga olingan boʻlib, oʻzida tanosil kasalligi borligini bila turib, bu kasalni boshqa shaxsga yuqtirish Jinoyat kodeksining 113-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida ogohlantirilgan.

Mazkur ogohlantirishlarga qaramasdan fuqaro S.M ayollar Boʻston tumanida yashovchi M.D, Shahrixon tumanida yashovchi Yu.Shlar bilan bir necha bor betartib jinsiy aloqada boʻlib OIV infeksiyasini yuqtirganligi aniqlandi.

Shuningdek, Buloqboshi tumanida yashovchi ayol R.N bilan ham bir necha bor betartib jinsiy aloqada boʻlib, uni OIV infeksiyasini yuqtirish xavfi ostida qoldirganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan, Shahrixon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan S.Mga nisbatan Jinoyat Kodeksining 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага