9 Yanvar 2023 402

“Sharq” YPX maskanida psixotrop dori vositalari bilan bogʻliq navbatdagi fakt aniqlandi

2023-yil 6-yanvar kuni soat 01:10 larda Toshkent shahar, Bektemir tumanida joylashgan “Sharq” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari D.Payziyev va N.Dosimovlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan haydovchi, 1994-yilda tugʻilgan Z.A. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomobil toʻxtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, transport vositasining salonidan, sellofanlarga solingan 181 dona «Tropikamid» va 836 dona «Regapen» nomli psixotrop dori vositalari topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomobilda boʻlgan fuqarolar va topilgan psixotrop dori vositalari Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

Tekshiruvlar davom etmoqda.

IIV JXD YHXX Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага