30 Aprel 2022
635
Sherobod tumani sektor rahbarlari ishtirokida voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida yigʻilish oʻtkazildi
27-aprel kuni Sherobod tuman Hokimi va tuman sektor rahbarlari ishtirokida tuman madaniyat saroyida maktab oʻqituvchilari va ularning ota-onalari ishtirokida bugungi kunda tumanimizda “Voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyat natijasida oʻquvchi qizlarning jabrlanuvchiga aylanib qolayotganligi” yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda, bundan keyin voyaga yetmaganlar va yoshlar tomonidan jinoyat sodir etmasligi uchun ota-onalarning masʼuliyatini oshirish va farzandlari tarbiyasiga beeʼtibor boʻlmasliklari haqida tuman Hokimi va sektor rahbarlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati