25 Aprel 2023 767

Shofirkonda bundan ikki yil muqaddam sodir etilgan jinoyat fosh etildi

2021-yil 6-iyun kunidan 7-iyun kuniga oʻtar kechasi nomaʼlum shaxs qasddan jinoyat sodir qilish yoʻliga oʻtib, oʻzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Shofirkon tumani “Pashmon” mahallasida yashovchi, X.F. ismli ayolning uyiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, u yerdan bahosi 6.000.000 soʻmlik tilla taqinchoqlarni,  4.000.000 soʻm pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir boʻlgan joydan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni, 2008-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan A.Sh. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu voyaga yetmagan shaxsga nisbatan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага