25 Noyabr 2020 4398

Shofirkonda o'g'irlik jinoyatini sodir qilgan 18 yoshli shaxs ashyoviy dalillar bilan qo'lga olindi

Joriy yilning 14 noyabr` kuni soat 10:00 dan soat 14:30 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida noma'lum shaxs Shofirkon tuman "Denov" mahallasida yashovchi, 1977 yilda tug'ilgan O.H. ning uyi eshigi ochiq qoldirilganligidan foydalanib, ushbu uyga g'ayriqonuniy ravishda kirib, jabrlanuvchiga tegishli bo'lgan 305 AQSh dollari, 13.000.000 so'm naqd pullari, 2 dona jami bahosi 6.000.000 so'mlik ayollar tilla uzuklarini, 1 juft bahosi 5.400.000 so'mlik ayollar tilla ziragini o'g'irlab, jabrlanuvchiga jami 27.565.558 so'm moddiy zarar etkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Shofirkon tumani Ichki ishlar bo'limi huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o'g'irlik ) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, kechiktirib bo'lmas tergovga qadar tekshiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan.

Tuman Ichki ishlar bo'limi tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni jabrlanuvchining hamqishlog'i 2002 yilda tug'ilgan 18 yoshli Sh.R. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlanib, undan o'g'irlab ketilgan tilla buyumlar tegishli tartibda hujjatlashtirib olinib, ashyoviy sifatida e'tirof etildi.

Hozirgi kunda jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan Sh.R. ismli shaxsga nisbatan dastlabki tergov harakatlar davom ettirilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага