7 Dekabr 2022
465
Shoʻrchi tumanida bezorilik qilgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Shoʻrchi tumanida 2022-yil 17-noyabr kuni soat 22.00 larda, tumanning “Boʻston” mahallasi hududida joylashgan oshxonasi oldida, tumanning “Hurlik” mahallasida yashovchi, D.Shavkat (ism shariflar oʻzgartirilgan) jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan tumanning “Boʻston” mahallasida yashovchi, Sh.Arslonni qoʻli bilan duch kelgan joyiga urib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan D.Shavkatga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati