7 Iyul 2020 4291

SHumlik o'tmadi, o'g'rilar ushlandi

2 iyul` kuni Mirzacho'l tumani ichki ishlar bo'limiga viloyatning Paxtakor tumani Bog'ishamol QFYda yashovchi, 1969 yilda tug'ilgan xususiy tadbirkor e.D. murojaat qilib, 50 million so'm pulini o'g'irlatib qo'yganligini bildirgan. Ma'lum bo'lishicha, joriy yilning 1 iyul` kuni soat 13 larda o'zini Nuriddin deb tanishtirgan shaxs telefon qilib, 40 tonna bug'doy sotib olishni taklif qiladi.

SHu kuni kechki soat 20 larda D.e. o'zini Nuriddin bilan uchrashish uchun Mirzacho'l tumanining O'zbekiston QFY hududiga “Gentra” rusumli avtoulovida etib boradi. Tomonlar dala maydonida g'allani ko'rish uchun 500 metr ichkariga kirishadi. SHu paytda “Nuriddin” qochib qoladi.

Voqeaning bunday rivojlanishidan xavotirlangan e.D. avtoulovi yoniga tezda qaytadi va “Gentra”ning old chap eshigi oynasi sindirilgani hamda avtomashina yukxonasidagi 50 million so'mning o'g'irlanganligiga guvoh bo'ladi. Holat yuzasidan zudlik bilan surishtiruv harakatlari olib borildi va jinoyatni Do'stlik tumani Oltin vodiy QFYda yashovchi, 1994 yilda tug'ilgan SH.X., B.YA va 1982 yilda tug'ilgan U.YU. hamda Mirzacho'l tumanining Mirzadala shaharcha fuqarolar yig'inida yashovchi, 1985 yilda tug'ilgan D.Z. tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Ayblanuvchilardan 6 million 930 ming so'm pul hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага