10 Iyul 2021 310

Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining ijtimoiy-huquqiy himoyasi doimiy e'tiborda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 mart kunidagi “Jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6196-son farmonining asosiy maqsadi ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlar va ularning oila a'zolarini ijtimoiy-huquqiy himoyasini hamda maishiy shart-sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan.

Shu munosabat bilan ichki ishlar organlari xodimlarining turar-joy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan xodimlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash hamda bu borada ishlarni o'z vaqtida samarali tashkil etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 08 iyun` kuni “Ichki ishlar organlari xodimlarini uy-joy bilan ta'minlash va yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish to'g'risida”gi 190-sonli buyrug'i qabul qilingan.

Mazkur buyruq hamda Sirdaryo viloyati IIB boshlig'ining 2021 yil 30 iyun` kunidagi "Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari hududiy uy-joy maishiy komissiyasi hamda xizmat va ijara uy-joylarini ahvolini, shuningdek, foizsiz qarz so'ragan xodimlarning yashash sharoitlarini o'rganish bo'yicha ishchi guruh tarkibini tasdiqlash to'g'risida"gi 101-sonli buyrug'i asosida bugungi kunda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari hududiy uy-joy maishiy komissiyasi hamda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat va ijara uy-joylarini ahvolini, shuningdek foizsiz qarz so'ragan xodimlarning yashash sharoitlarini o'rganish bo'yicha ishchi guruh o'z faoliyatini olib bormoqda.

Hozirgi kunda mazkur komissiya tashabbusi bilan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan 131 nafar ijarada turgan xodimlar ro'yxatlari shakllantirilib, shundan 42 nafar murojaat qilgan xodimlarning yashash sharoitlari o'rganildi va joriy yilning iyul` oyida 32 nafar xodimlarga ijara puli kompensatsiyasi to'liq to'lab berilayotganligi to'g'risida maishiy uy-joy komissiyasi tomonidan sertifikatlar topshirildi.

Shuningdek, bugungi kunda 10 nafar xodimning yashash sharoiti va oila a'zolari ishchi guruh tomonidan o'rganilib, ushbu xodimlarga ham ijara puli kompensatsiyasi to'lab berish choralari ko'rilmoqda.

Bundan tashqari maishiy komissiya tomonidan xodimlar orasida uy-joy ta'mirlash va qurilish uchun foizsiz qarz so'ragan, ipoteka krediti asosida uy olish uchun murojaat qilgan xodimlar hujjatlari jadallik va shaffoflik bilan o'rganib chiqilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash boshqarmasi  

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага