21 Iyul 2021 450

Sirdaryo viloyatining bir guruh xodimlari uchun qadimiy va navqiron Xivaga uch kunlik sayohat uyushtirildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 aprel` kunidagi 5050-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish Kontseptsiyasida” Ichki ishlar organlarida amalga oshirilishi lozim bo'lgan 5 ta ustuvor vazifalar belgilab berilgan bo'lib, shulardan xodimlar o'rtasida madaniy tadbirlarni amalga oshirish vazifalari ham ko'zda tutilgan.

Ushbu Kontseptsiyasi talablari hamda O'zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 14 iyundagi “Ichki ishlar organlari xodimlari uchun “Xivadan Qo'qongacha” shiori ostida madaniy sayohat tadbirlarini tashkil etish to'g'risida”gi 123-sonli farmoyishiga asosan, Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyatining tashabbusi hamda Kasaba uyushmasi qo'mitasining tashkilotchiligi natijasida ichki organlari xodimlari uchun qadimiy va navqiron Xorazm viloyatiga uch kunlik sayohat uyushtirildi.

Ushbu sayohat, albatta xodimlar ongida milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom his-tuyg'ularini oshirish bilan birga, O'zbekiston xalqining boy tarixini chuqurroq o'zlashtirishga sabab bo'ldi. Shuningdek sayohat davomida Ko'hna ark – Xivaning o'ziga xos ko'rinishi, muqaddas qadamjolari, me'moriy obidalari ko'hna shaharning ming yillik tarixini o'zida aks ettirganday bo'ldi.

Tashkil etilgan tadbir davomida, xodimlarimiz mamlakatimizning boy o'tmishi, ma'naviy qadriyatlari va an'analarini ko'rib, o'z hayratlarini yashira olmadilar. Sayohat davomida shaharning diqqatga sazovor maskanlari, istiqlol yillari bunyod etilgan muhtasham temir yo'l inshootlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishdilar.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага