13 Fevral 2021 4530

Sirdaryoda tadbirkorga zo'ravonlik qilgan yana bir jinoiy to'da hibsga olindi

Kuni kecha Sirdaryo viloyatida yashovchi bir guruh jinoiy guruh a'zolari tomonidan tadbirkorlar va fuqarolarga zo'ravonlik o'tkazish orqali tovlamachilik va qo'rqitish yo'li bilan “ulush” undirib kelganlar qo'lga olinganligi to'g'risida xabar bergan edik. Bugun ham aynan shu yo'l bilan boyish ilinjida bo'lgan yana bir jinoiy to'da xarakatlariga chek qo'yildi.  

O'zbekiston Respublikasi IIV, DXX, Sirdaryo viloyati IIB hamda DXX Sirdaryo viloyat Boshqarmasi xodimlariga kelib tushgan ma'lumotlarga ko'ra fuqarolar A.e, R.Blar viloyat xududida faoliyat ko'rsatuvchi bir necha xususiy klinika, apteka, issiqxona, avtomobillarga yoqilg'i quyish shahobchalari, tijorat do'konlari va boshqa tarmoq savdo majmualarini o'z ichiga olgan MChJ raxbari – xususiy tadbirkor D.Mning joriy yilning 05 fevral kuni yashash manzilidan onasi K.Ini  to'yxonaga olib borish maqsadida boshqaruvidagi “Malibu-2” avtomashinasida chiqib xarakalanib ketayotgan vaqti uning oldidan notanish “Neksiya-2” rusumli avtomashina to'sib, undan o'ziga oldindan tanish bo'lgan va muqaddam bir necha marotaba sudlangan A. e. (taxallusi Mesnыy) o'zining 2 nafar niqoblangan sheriklari bilan D.M bo'yniga o'tkir tig'li pichoq tirab, ularga zudlik bilan 45.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni to'lab berishini talab qilib, bu xaqda huquq tartibot idoralariga xabar qilgan taqdirda onasini guvoxligida o'ldirib ketishlari va hech narsadan qaytmasliklari xaqida taxdid qilib, bir necha kunga muxlat berishgan. Shundan so'ng A.e o'zi singari muqaddam bir necha marotaba sudlangan R.B (taxallusi boksyor) bilan birga jabrlanuvchi D.M ning yashash manziliga borib, talab qilingan pullardan 17.000 AQSh dollarini zudlik bilan topib berishini yoki bo'lmasa hozirda JIeMlarda jazoni o'tab kelayotgan tanishlarini chiqartirishni yoxud noqonuniy giyoxvand moddalari bilan muomala qilganligi uchun hozirda Sirdaryo viloyati IIB Tergov organlari ish yurituvida bo'lgan jinoyat ishi bo'yicha “QAMOQ”ga olingan R.B ning qarindoshi K. B. ni har qanday yo'llar bilan bo'lsada jinoiy javobgarlikdan chiqarib berishni talab qilishib o'ldirish bilan taxdid qilgan.

Mazkur xolat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi IIV, DXX, Sirdaryo viloyati IIB hamda DXX Sirdaryo viloyat Boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, fuqarolar A.e hamda R.B lar jabrlanuvchi D.M dan tovlamachilik yo'li bilan talab qilingan pullardan bir qismini yani 10.000 AQSh dollari(kimyoviy ishlov berilgan)ni olgan vaqti daliliy ashyolar bilan qo'lga olindi.

Hozirda xolat yuzasidan Sirdaryo viloyat IIB Tergov Boshqarmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi JKning 165- moddasining tegishli qismlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, jinoyatchilar O'zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi asosida ushlangan. Xozirda tergov harakatlari davom etmoqda. 

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага