5 Sentabr 2021 4188

"Sirli so'zlashuv"larni tarqatmaslik evaziga 200 AQSh dollari

2021 yil 30 avgust kuni, Namangan shahrida yashovchi, 2004 yilda tug'ilgan qiz ariza bilan murojaat qilib, tanishi, Namangan shahrida yashovchi, 2001 yilda tug'ilgan bola u bilan tanishib, telegram ijtimoiy tarmoqlarida sir saqlanishi lozim bo'lgan so'zlashuvlar va videoyozuvlarni tarqatib yuborishini aytib, uni qo'rqitib, undan 150.000 so'm va 200 AQSh dollarini talab qilayotganligini ma'lum qilib, chora ko'rishni so'ragan.

Mazkur ariza yuzasidan Yangi Namangan tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Namangan shahrida joylashgan “Adiblar maydoni” oldida bola arizachidan 200 AQSh dollari olgan vaqtida, ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Ushbu holat bo'yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 1 sentyabr` kuni Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага