Sodir etilgan avtohalokat keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi
2023 yil 20 aprel kuni soat 14:00 larda Kosonsoy tumani “Rovot” MFY Rovot koʻchasi ichki yoʻlida 1966 yilda tugʻilgan fuqaro “Damas” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yoʻlni kesib oʻtayotgan 2021 yilda tugʻilgan bolani urib yuborgan. Hodisa oqibatida jabrlanuvchi “bosh miya yopiq shikasti, peshona yuz sohasi shilingan jarohati” bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramay bola shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat boʻyicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hodisa sodir boʻlgan hududda Namangan viloyati IIB JXX YHXB boshligʻi tomonidan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi. Unda tumandagi maktab va maktabgacha taʼlim tashkiloti vakillari, jamoatchilik vakillari, mahalla raislari va faollari hamda masʼul xodimlar ishtirok etishdi. Yigʻilishda dastlab hodisa tafsilotlari yigʻilganlarga yetkazildi. Bu kabi salbiy holatlarni oldini olishda targʻibotlarni yanada kuchaytirish, haydovchilarni hushyorlikka chaqirish, yosh bolalarni koʻchalarda nazoratsiz qoldirmaslik, bogʻcha va maktabga qatnaydigan bolajonlarni yoʻllarda yolgʻiz harakatlanishiga yoʻl qoʻymaslik lozimligi taʼkidlandi.
Shundan soʻng bolalar ishtirokida sodir boʻlgan YTHlar va ularning ayanchli oqibati haqida hikoya qiluvchi maxsus film namoyish etildi.
Namangan viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati