14 Oktabr 2021 398

Sogʻlom avlod — kelajak poydevori!

Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini taʼminlash, shuningdek huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktikasi kabi vazifalarni amalga oshirishda ichki ishlar organlari safini professional, yetuk va malakali kadrlar bilan jamlash masalasi alohida ustuvorlik kasb etadi.

2020-2021-oʻquv yilidan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga qabul faqat Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, harbiy akademik litsey bitiruvchilari, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlari tarkibidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilgan.

Oʻquvchilarni chuqurlashtirilgan va kasbga yoʻnaltirilgan holda oʻqitish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash IIV akademik litseylari faoliyatining maqsadi hisoblanadi.

Hozirda IIV Sirdaryo akademik litseyida 479 nafar oʻquvchi yoshlar tahsil olmoqda. Joriy yilning 12-oktyabrida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasining koʻrsatmasiga asosan “25-oktyabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston — yangi ichki ishlar organi” shiori ostida oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sportga boʻlgan intilishni, jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish maqsadida sport musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Musobaqada oʻquvchi-yoshlar qisqa masofaga yugurish, toʻsinda tortilish, tosh koʻtarish, arqon tortish, avtomatni notoʻliq qismlarga ajratish va yigʻish, granata uloqtirish kabi yoʻnalishlar boʻyicha bahslashishdi.

Qizgʻin bahslarga boy boʻlgan musobaqa yoshlarni harbiy xizmat va oliy harbiy bilim yurtlariga kirishlarida asosiy ahamiyat kasb etmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага