25 Iyun 2022 267

“Sogʻlom maʼnaviy-ruhiy muhitni shakllantirish – davr talabi”

Toʻrtinchi mintaqaviy hudud 2-son Jazoni ijro etish koloniyasida, “Intizom oyligi” doirasida xodimlar bilan “Sogʻlom maʼnaviy-ruhiy muhitni shakllantirish – davr talabi” mavzusida psixologik trening mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi. Unda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi L.Egamov, koloniya xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda shaxsiy tarkibning ruhiy holatini yaxshilash, sogʻlom fikrlar, shaxslararo munosabatlarda ijobiy xislatlarni shakllantirish, turli xil nizolarning oldini olish, oʻzini namoyon etish sharoitlarini yaratish hamda oʻziga boʻlgan ishonchni yuksaltirish, ijtimoiy moslashuv darajasini, notiqlik, oʻz fikrini oʻzgalarga oʻtkaza bilish qobiliyatini va munozara yuritish madaniyatini shakllantirishga asosiy eʼtibor qaratildi.

Oʻtkazilgan psixologik trening mashgʻulotlari davomida xodimlar oʻz ustida ishlash, kitob mutolaa qilish, bilim egallash, oʻziga ishonish xislatlari mustahkamlandi.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага