Soha faxriylaridan ibratli o‘gitlar
Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi vatanparvar, o‘z kasbiga sadoqatli va fidoyi yoshlarni kamol toptirishda muhim poydevor bo‘lmoqda.
“Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” konseptual g‘oyasi asosida o‘tkazilgan uchrashuv Ichki ishlar vazirligi akademiyasida taʼlim olayotgan kursantlarning kasbiy fazilatlarini mustahkamlashga xizmat qildi.
“Uch avlod uchrashuvi” mehmonlari – isteʼfodagi general-mayor Jabbor Kamolxodjayev va Habibullo Hojimatovlar ko‘p yillik tajribalarida erishgan yutuqlari, osoyishtalikni taʼminlash masʼuliyati, kasb mashaqqatini yengish va burchga sodiq bo‘lishning yuksak qadr-qimmati haqida so‘zlab berishdi.
Faxriy ustozlarning ibratli maslahatlari, nasihat va o‘gitlari tadbirning tarbiyaviy ahamiyatini yana-da oshirdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati